AJ faoliyatining predmeti va maqsadlari
Jamiyat faoliyatining asosiy maqsadi axoli va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ular tomonidan nooziq-ovqat xamda oziq-ovqat maxsulotlarining oldi-sotdi jarayonlarini amalga oshirishga savdo kompleksidagi mavjud vositalar bilan yordam bergan xolda barcha sharoitlarni yaratish;
Savdo kompleksida tadbirkorlar tomonidan sotilayotgan maxsulotlarni tegishli tashkilotlarni jalb qilgan xolda foydalanishga yaroqli va axolini sog‘ligi uchun zararsiz xolda sotilishini nazorat qilish;
Savdo kompleksida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, xo‘jalik sub’ektlariga xamda xaridorlarga maxsulotlarni kompleks xududiga olib kelish va olib chiqish, yuk saqlash bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatish;
Jamiyat asosiy faoliyatidan tashqari quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish xuquqiga ega:
- mijozlarga mexmonxona, transport xizmati, avtoservis,transport vositalarini yuvish, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat va sayoxat xizmatlarini ko‘rsatish;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish;
- o‘z pul mablag‘laridan va buyumlaridan foydalanish xamda egalik kilish;
- O‘zbekistondagi va xorijdagi bank muassasalarida xisob raqamlarini ochish, shu jumladan valyuta xisob raqamlarini ochish;
- moliya kredit tashkilotlaridan so‘m va boshqa xorij valyutalari ko‘rinishida kredit olish;
- boshka korxona va tashkilotlar chiqargan qimmatbaxo qog‘ozlarni sotib olish va shunday qog‘ozlarni o‘zi xam muomalaga chiqarish;
- xodimlar shtat jadvalini va tarkibini, ish xaqi miqdorini mustaqil belgilash;
- mutaxasislarni zarur bo‘lganda chet davlatlarga xizmat safariga yuborish va chet ellik mutaxasislarni qabul kilish;
- O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda vakolatxonalar, shaxobchalar, jamiyatlar, uyushmalar, jamg‘armalar va qo‘shma korxonalar ochishda qatnashish;
- jamiyat ish jarayonini yaxshilash uchun ichki nizomlar qabul kilish va bu nizomlarni mustaqil ravishda ustamalar, jarimalar va mukofotlar sistemasini ishlab chiqish;
- xorijiy davlatlarga investitsiya va reinvestitsiya qilish;
- ulgurji va chakana savdo-sotiq uchun «Savdo uylari» tijorat markazlarini ochish;
-o‘z faoliyati maqsadlarini bajarish uchun reklama, xomiylik, mexr-shavqat tadbirlari, kim oshdi savdolari, festivallar, konkurslar, maxsus ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni O‘zbekiston va boshka xorijiy davlatlarda tashkil kilish, o‘tkazish yoki qatnashish;
- qonunda belgilangan tartib asosida pul buyum lotereya o‘yinlarini tashkil etish va sotish;
- sport o‘yinlarini tashkil etish va pullik xizmatlar ko‘rsatish;
-O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ta’qiqlanmagan barcha boshqa faoliyatlarni amalga oshirish;
-Jamiyatning maxsus ruxsat talab etadigan (litsenziya) faoliyati, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.